Tabiiy fanlar

SPIN COATING METODI ORQALI OLINGAN NOORGANIK PEROVSKIT QUYOSH ELEMENTLARNING SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA SHISHA TAGLIKLAR HARORATINING AHAMIYATI

perovskitli quyosh elementlari, CsPbIBr₂, faol qatlam, shisha/FTO substrat, substratni qizdirish, aylantirib qoplash usuli, optik spektral xususiyatlar, fotovoltaik parametrlar, barqarorlik, quyosh energiyasi, yupqa plyonkali materiallar.

Mualliflar

  • Aziz SAPARBAYEV O‘z RFA U.Arifov nomidagi Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti Kondensirlangan muhitlar optikasi laboratoriyasi katta ilmiy xodimi ф.-м.ф. (PhD), Uzbekistan
  • Ilhom BOYNAZAROV Toshkent davlat texnika universiteti o‘qituvchisi, Uzbekistan
  • Nilufar OTAQULOVA O‘zbekiston Milliy Universiteti magistranti, Uzbekistan
  • Farid RO‘ZIYEV Toshkent davlat texnika universiteti o‘qituvchisi, Uzbekistan
  • Abror TURGUNBOEV Toshkent davlat texnika universiteti o‘qituvchisi, Uzbekistan
  • Muhibjon IMOMOV Namangan davlat pedagogika instituti, aniq va tabiiy fanlarni oʻqitish metodikasi kafedrasi katta oʻqituvchisi, PhD, Uzbekistan
  • Lobar NURUMBETOVA O‘z RFA U.Arifov nomidagi Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti Kondensirlangan muxitlar optikasi laboratoriyasi, tayanch doktoranti, Uzbekistan

Ma’lumki, hozirgi kunda perovskit quyosh elementlari (PQE) dunyo olimlarining katta qiziqishiga sabab bo‘lmoqda va bu
sohada o‘tkazilgan ko‘plab tadqiqotlar natijasida bir qancha yaxshi natijalarga erishildi. Biroq erishilgan natijalarga
qaramasdan sohada hali ko‘plab yechimi topilmagan muammolar mavjud va bularning eng asosiysi PQElarning tashqi
omillar ta’siridagi barqarorligining buzilishidir. Ushbu ishda CsPbIBr 2 asosli PQElar faol qatlam strukturasini yaxshilash va
uning barqarorligini oshirish uchun shisha/FTO taglikni qizdirish usulini taklif etildi. Ikki xil sharoitda, spin coating metodi
orqali qizdirilgan va xona haroratida shisha/FTO tagliklar ustiga CsPbIBr 2 faol qatlamlar yotqizildi. So‘ngra ularning optik
spektral va fotovaltaik parametrlari solishtirildi.