BADIIY ASARLARDAGI SOMATIK FRAZEOLOGIK BIRLIKLAR TARJIMASIDA PRAGMATIK MUVOFIQLIK VA NOMUVOFIQLIK

Badiiy tarjima, lingvomadaniy xususiyatlar, somatik farzeologik birliklar, pragmatika, milliy konnotatsiya, ekvivalentlik, ekvivalentsiz, madaniy, kommunikativ, madaniy kodlar, idiomalar, pragmatik omil, pragmatik adekvatlik.

Mualliflar

##submission.downloads##

Biz tadqiqotimiz davomida badiiy asarlarning somatik frazeologik birliklarini(SFB) statistik tahlili aniqlandi. SFB faqatgina qadimiy turkiy tildagina emas, balki qardosh bo‘lmagan tillar – rus va ingliz tillarida ham ifodalanganligi, shuningdek, agar umumiy tilshunoslik nuqtai nazaridan olib qaraladigan bo‘lsa, FBlar ham o‘z xususiyatlariga ko‘ra lingvistik, tarixiy, milliy va madaniy shaklda tilshunoslikda muhim ahamiyat kasb etishi ko‘rsatib berildi. Pragmatik adekvatlikka ko‘ra, SFBlar tarjimasining muqobil variantlarini izlash, ko‘pincha pragmatik nomuvofiqlikka olib keladi. Bu masalada tarjimonning tilda SFB ekvivalenti bo‘lmaganda, muqobil, tasviriy hamda leksik tarjima usulidan foydalanishi maqsadga muvofiqdir. Somatik FBlarni tarjima matnida ifoda etishda ularning matn kontekstida bajaradigan aniq vazifasidan kelib chiqish tarjima amaliyotida yaxshi natijalarga olib kelishi mumkin.