OʻZBEK VA NEMIS TILLARIDA ANTROPONIMLARNING QISQARGAN NORASMIY SHAKLLARI KONTRASTIV TAHLIL

oʻzbek tili, antroponim, apellyativ, familiya, ism, qisqarish, norasmiy shakllar, dialektal variantlar, gipokoristik qoʻshimcha, tilni tejash

Mualliflar

Maqolada oʻzbek va nemis tillarida antroponimlar qisqarishi natijasida yuzaga keladigan norasmiy shakllar va ularning lingvokulturologik xususiyatlari tadqiq etiladi. Antroponimlar nutqda turli sabablar, jumladan, til tejamkorligi, uzun ismlar talaffuzini osonlashtirish va shu asosda erkalash, suyish, yaqin munosabat kabi ma'nolarni ifodalash maqsadida qisqaradi. Har ikki qiyoslanayotgan tillarda ham antroponimlar bosh, oʻrta va oxirgi segment asosida qisqarishi mumkin. Nemis tili familiyalari qisqartma shakllari asosan publisistik uslubda faol qoʻllanilgani holda, oʻzbek tili familiyalari qisqartma shakllari yasalishi va qoʻllanilishi uchramaydi. Maqolada ilmiy tahlil asosan oʻzbek antroponimlari asosida olib boriladi, nemis tili antroponimlari esa kerakli oʻrinlarda qiyosiy tahlilga tortiladi. Bizning xulosalarimiz o‘zbek va nemis tillaridagi antroponimlarning qisqarishidagi oʻxshash va farqli jihatlarni ochib berishga xizmat qiladi.