O‘ZBEKISTONDA KASBIY IMIDJNING SHAKLLANISHI VA RIVOJLANISHI: GENEZISI, MUAMMOLARI VA ISTIQBOLLARI

Imidj, kasbiy imidj, imidjelogiya, PR, kommunikatsiyalar, ijtimoiy-tarixiy shart-sharoitlar, o‘z-o‘zini taqdim etish, kasbiy o‘ziga xoslik, media-obraz, imidj psixologiyasi, imidj pedagogikasi

Mualliflar

Maqolada kasbiy imidjni shakllantirish muammosining genezisini aniqlash maqsadida falsafiy, psixologik, pedagogik va imidjologik adabiyotlarning retrospektiv tahlili amalga oshirilgan. Imidjning ilmiy va ijtimoiy hodisa sifatida rivojlanish bosqichlari qadimgi sivilizatsiyalardan boshlab zamonaviy davrgacha ko‘rib chiqiladi. Muallif imidj konsepsiyasi shakllanishining ijtimoiy-tarixiy, madaniy va ilmiy-nazariy shart-sharoitlariga e’tibor qaratadi. Faylasuflar, siyosatshunoslar va jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha mutaxassislar tomonidan ilgari surilgan asosiy nazariyalar va g‘oyalar tahlil qilinadi.