MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASALARIDA OILAVIY HAMKORLIKNING BOLALARNING AKADEMIK RIVOJLANISHIGA TA’SIRI

Oilaviy hamkorlik, maktabgacha ta'lim, erta akademik rivojlanish, ota-onalarning ishtiroki, kognitiv qobiliyatlar, uymaktab aloqasi, bola rivojlanishi.

Mualliflar

Maktabgacha ta’lim muassasalarida oilaviy hamkorlikning roli bolalarning erta akademik rivojlanishida muhim omil hisoblanadi.
O‘qituvchilar va ota-onalar o‘rtasidagi samarali muloqot va hamkorlik qulay ta’lim muhitini shakllantirib, bolalarning kognitiv, ijtimoiy
va hissiy ko‘nikmalarini rivojlantirishga yordam beradi. Ushbu tadqiqot oilaning maktabgacha ta’lim jarayonida ishtiroki bolalarning
akademik tayyorgarligi, motivatsiyasi va uzoq muddatli muvaffaqiyatiga qanchalik ta’sir qilishini o‘rganadi. Tadqiqotda sifat va
miqdoriy tadqiqot metodlarini o‘z ichiga olgan aralash uslub qo‘llanilib, ota-onalarning ta’lim jarayonidagi ishtiroki bolalarning
savodxonligi, matematik bilimlari va muammolarni hal qilish qobiliyatiga qanday ta’sir qilishini tahlil qilindi.