MASHINA TARJIMASI UCHUN O‘ZBEK TILI YORDAMCHI SO‘ZLARI SINONIMIYASI LINGVISTIK BAZASINI YARATISH MUAMMOLARI

Avtomatik tarjima, sinonim so’zlar, yordamchi til birliklari, lingvistik ma’lumotlar bazasi, grammatik shakl, grammatik ma’no.

Mualliflar

  • Madinabonu QODIROVA Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti tayanch doktoranti , Uzbekistan

Ushbu maqolada o‘zbek tilidagi yordamchi so‘zlarning sinonimiyasini lingvistik bazaga kiritish jarayonida uchraydigan muammolar tahlil qilinadi. Jumladan, yordamchi so‘zlarning grammatik ma’no ifodalashiga qaramay, gapdagi joylashuvi va sintaktik vazifasiga ko‘ra farqlanishi, turli grammatik qo‘shimchalar bilan bog‘lanish xususiyatlari, semantik maydonning cheklovlari va o‘zaro to‘liq mos kelmaydigan sinonimlarning mavjudligi muhokama qilinadi. Tadqiqot natijasida lingvistik bazani yaratishda yordamchi so‘zlarning grammatik va semantik xususiyatlarini aniq belgilash zarurligi asoslab beriladi.