XORIJLIKLARGA O‘ZBEK TILINI O‘RGATISHDA MILLIY-MADANIY KOMPONENTLARNING AHAMIYATI

Xorijiy talabalar, o‘zbek tili, milliy-madaniy komponent, lingvokulturologiya, interfaol metod, madaniy kontekst.

Mualliflar

  • Zamira USMONOVA O‘zDJTU o‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi katta o‘qituvchisi , Uzbekistan

Mazkur maqolada xorijliklarga o‘zbek tilini o‘rgatish jarayonida milliy-madaniy komponentlarning o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, o‘quv jarayonida madaniy kontekstda boyitilgan matnlar va interfaol metodlar qo‘llanilishi talabalarning lug‘aviy hamda nutqiy kompetensiyalarini rivojlantirish bilan birga, ularning o‘zbek xalqining an’analari va qadriyatlariga oid xabardorlik darajasini ham oshiradi. Shunday qilib, milliy-madaniy yondashuv xorijiy til sifatida o‘zbek tilini o‘qitish samarasini sezilarli ravishda kuchaytiradi