PC 9 POLIFENOL MODDASINING ANTIKOAGULYANT XUSUSIYATINI KALAMUSH QON PLAZMASIDA IN VITRO SHAROITIDA ANIQLASH

anticoagulant, blood plasma, blood clotting time, coagulation tests, polyphenol, hemostasis system.

Mualliflar

Ushbu maqolada PC-9 polifenoloning yangi antikoagulyant modda sifatida sinovdan o‘tkazishda olingan koagulyatsiya testlari natijalari - aktivlashtirilgan thromboplastin vaqt, prothrombin vaqt va fibrinogen darajalari - tahlil qilinadi. Tajribalar 200-300 g oq Wistar zotli erkak kalamushlarda o’tkazildi. Qisman faollashgan thromboplastin vaqti va prothrombin vaqti testlari Klassik koagulyatsiya metodi yordamida, Fibrinogen testi Von Claus Metodi yordamida qilindi. Ushbu tadqiqotlarning barchasi Yevropa Ittifoqining 2010/63/EU direktivasi va Amerikada IACUC (Institutional Animal Care and Use Committee) kabi tashkilotlar tomonidan o‘rnatilgan qoidalar va talablar bo’yicha yaxshi laboratoriya amaliyoti asosida olib borildi. Eksperimental va nazorat guruhlari o‘rtasida vaqt ko‘rsatkichlari va fibrinogen konsentratsiyasi bo‘yicha farqlar aniqlanib, antikoagulyant moddaning samaradorligi baholanadi. PC-9 polifenol moddasi ustida olib borilgan koagulyatsiya testlari moddaning antikoagulyant xususiyatlarini sezilarli namoyish etdi. Kelgusida in vivo modellar va klinik sinovlar o‘tkazish tavsiya etiladi. Ushbu eksperimentdan olingan natijalar asosida polifenol moddasini antikoagulyant sifatida qo‘llash istiqbollari mavjudligi ko‘rsatildi.