Tabiiy fanlar

PEKTIN MODDALARNING METALLAR BILAN KOMPLEKS HOSIL QILISHI, FIZIK-KIMYOVIY XUSUSIYATLARI VA TUZILISHI

pektin, pektin moddalar, kaliyli va magniyli komplekslar, molekulyar massa, spektroskopiya, gazli va yuqori samarali suyuqlik xromatografiyasi

Mualliflar

Ushbu tadqiqotda pektin moddalari (PM) va ularning kaliy hamda magniy bilan hosil qilgan komplekslari (PM-K, PM-Mg, PMK-Mg) ning fizik-kimyoviy xususiyatlari o‘rganildi. Tuzilishi va tarkibi Fourier-transform infraqizil (FTIR) spektroskopiya, yadro magnit rezonansi (NMR), elementar tahlil, skanerlovchi elektron mikroskopiya (SEM), gaz xromatografiyasi (GC) va yuqori samarali suyuqlik xromatografiyasi (HPLC) yordamida tahlil qilindi. Esterifikatsiya darajasi, molekulyar massa va eritmalar yopishqoqligi aniqlandi.