Ijtimoiy-gumanitar fanlar

TALABALAR PLURINGUVAL VA IJTIMOIY-MADANIY KOMPETENSIYASINI INTEGRATIV RIVOJLANTIRISH STRATEGIYALARI VA TEXNOLOGIYALARI

pluringuvalizm, ijtimoiy-madaniy kompetensiya, integrativ ta’lim, ko‘p tilli ta’lim, madaniyatlararo muloqot, psixolingvistika, sosiolingvistika, raqamli texnologiyalar, kognitiv rivojlanish, til o‘rganish

Mualliflar

  • Pulatjon OMANOV O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti dotsenti, PhD, Uzbekistan

Talabalarning pluringuval (ko‘p tillilik) va ijtimoiy-madaniy kompetensiyalarni rivojlantirish ta’lim sohasidagi eng dolzarb vazifalardan biridir. Ushbu maqola pluringuval ta’lim va ijtimoiy-madaniy yondashuv asosida talabalarning kommunikativ, kognitiv va madaniyatlararo muloqot qobiliyatlarini oshirishga qaratilgan integrativ strategiyalar va zamonaviy texnologiyalarni tahlil qiladi. Maqolada ko‘p tillilikni rivojlantirishning psixolingvistik, sosiolingvistik va pedagogik jihatlari, shuningdek, O‘zbekistonning oliy ta’lim muassasalaridagi amaliy tajribalar va xalqaro tajribalar tahliliga asoslanib, talabalarning til va madaniyatlararo kompetensiyalarini shakllantirishning samarali usullari muhokama qilinadi. Raqamli texnologiyalar, interaktiv platformalar va virtual muhitlarning ta’lim jarayonidagi o‘rni alohida e’tiborga olingan. Tadqiqot ko‘p tilli ta’limning afzalliklari va qiyinchiliklarini ochib berishga xizmat qiladi hamda talabalarni global muhitda raqobatbardosh shaxs sifatida tayyorlashga yo‘naltirilgan takliflar taqdim etadi.