Ijtimoiy-gumanitar fanlar

DEN BRAUNNING “FARISHTALAR VA IBLISLAR” ASARIDA QOʻLLANILGAN “HELL” VA “DAMN” SOʻZLARINING SEMANTIK TAHLILI

Semantika, semantik tahlil, sinonim, denotativ maʻno, konnotativ maʻno, tarjima jarayoni

Mualliflar

Mazkur maqola Den Braunning “Farishtalar va Iblislar” asarida uchraydigan “hell” va “damn” soʻzlarining semantik tahliliga bag`ishlangan. Semantikaning tilshunoslikning asosiy boʻlimlaridan biri ekanligi badiiy asarlarni tarjima qilish jarayonida ham yaqqol koʻzga tashlanishi haqida fikr va mulohazalar yuritilgan. Unda ushbu soʻzlarning asl lugʻaviy maʻnolari va konnotativ maʻnolari oʻrtasidagi baʻzi tafovutlar tahlil qilingan. Semantik jihatdan maʻnosi bir-biriga yaqin boʻlgan bu ikki soʻzning asarning turli oʻrinlarida mos ravishda sinonim sifatida qoʻllanilganligi bir qancha misollar yordamida koʻrib chiqilgan. “Hell” soʻzining ibora tarkibida kelishi va baʻzi oʻrinlarda positiv maʻnoni ham ifodalab kelishi boʻyicha ham misollar berilgan.