Ijtimoiy-gumanitar fanlar

OPTATIVLIK KATEGORIYASINING O‘ZBEK VA INGLIZ TILLARIDA IFODALANISHINING O‘XSHASH VA FARQLI TOMONLARI (O. XENRI VA A. QAHHOR HIKOYALARI MISOLIDA)

Optativlik, modallik, morfologik ko‘rsatkich, leksik vosita, modal fe’l, sintaktik konstruksiya, qiyosiy tahlil, O. Genri, A. Qahhor.

Mualliflar

  • Diyora PARDAYEVA O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti magistranti , Uzbekistan

Mazkur maqolada o‘zbek va ingliz tillarida optativlik kategoriyasining ifodalanish xususiyatlari qiyosiy jihatdan tahlil qilindi. Tadqiqotning dolzarbligi tilshunoslikda modal kategoriyaning o‘rni va uning amaliy qo‘llanishi bilan izohlanadi. Manba sifatida O. Genri va A. Qahhor hikoyalari tanlanib, ular asosida til birliklari semantik va pragmatik nuqtai nazardan o‘rganildi. Qiyosiytahliliy metodologiya asosida olib borilgan izlanishlar ikki til orasidagi o‘xshash va farqli jihatlarni aniqlash imkonini berdi. Xususan, o‘zbek tilida optativlik asosan morfologik ko‘rsatkichlar va maxsus leksik vositalar orqali ifodalansa, ingliz tilida u ko‘proq modal fe’llar hamda sintaktik konstruksiyalar yordamida namoyon bo‘lishi kuzatildi. Mazkur tadqiqotning ilmiy ahamiyati - optativlik kategoriyasini qiyosiy tahlil qilish orqali tilshunoslik nazariyasini yangi ma’lumotlar bilan boyitishdir. Uning amaliy ahamiyati esa xorijiy tillarni o‘qitishda qiyosiy grammatik yondashuvni samarali qo‘llash imkoniyatini yaratishdan iborat.