Ijtimoiy-gumanitar fanlar

O‘ZBEK VA INGLIZ TILLARIDAGI FITONIM KOMPONENTLI MAQOLLARNING LINGVOKULTUROLOGIK XUSUSIYATLARI

Maqol, fitonim, xalq maqollari, lingvokulturologiya, metafora, milliy mentalitet, qiyosiy tahlil, o‘zbek tili, ingliz tili, madaniy konnotatsiya.

Mualliflar

  • Komila SAYFIYEVA Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti tayanch doktoranti , Uzbekistan

Ushbu maqolada o‘zbek va ingliz tillaridagi fitonim komponentli maqollar qiyosiy-lingvokulturologik tahlil qilinadi. Maqolada har ikki tildagi o‘simlik nomlari ishtirok etgan maqollar misolida xalqning dunyoqarashi, madaniy qadriyatlari va badiiy tafakkuri ifodalanishi ko‘rsatib beriladi. Fitonimlar – o‘simlik nomlari orqali yaratilgan badiiy obrazlar – maqollarning metaforik va semantik chuqurligini oshiradi hamda xalqning hayotiy tajribasi va muhitiga bog‘liq tarzda turli ma’nodagi ramziy mazmunlar kasb etadi[1]. Tadqiqotda bu kabi maqollar tarkibidagi fitonimlarning lingvokulturologik xususiyatlari, ya’ni ularning ma’no-mazmuniga milliy madaniyat ta’siri va tarjimada uchraydigan o‘ziga xosliklar yoritilgan. Maqola xulosasida fitonimlardan foydalanilgan maqollarning ilmiy va amaliy ahamiyati (tilshunoslikda paremiologik tadqiqotlar, tarjima jarayoni hamda chet tilini o‘qitishda madaniyatlararo muloqot nuqtai nazaridan) haqida takliflar berilgan.