Ijtimoiy-gumanitar fanlar

MAXSUS MAKTAB O‘QUVCHILARIDA MULOQOT VA NUTQ MEXANIZMLARINI RIVOJLANTIRISHDA PEDAGOGIK YONDASHUV, TA’LIM OLUVCHILARNING PEDAGOGIK SHART-SHAROITLARI

Maxsus ta’lim, muloqot madaniyati, nutq rivoji, pedagogik shart-sharoitlar, individual yondashuv, psixologik-pedagogik moslashuv, interaktiv metodlar, maxsus maktab, ijtimoiy integratsiya, emotsional rivojlanish

Mualliflar

Ushbu ilmiy tadqiqotda maxsus maktablarda ta’lim olayotgan o‘quvchilarda muloqot ko‘nikmalari va nutq mexanizmlarini rivojlantirish masalalari turli pedagogik yondashuvlar asosida tahlil etilgan. Ish jarayonida, ayniqsa, eshitish, ko‘rish, harakatlanish yoki aqliy rivojlanishida nuqsoni mavjud bo‘lgan bolalarning individual ehtiyojlarini qondirish va ularning muloqot imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiluvchi didaktik vosita hamda metodlar yoritib berilgan. Ta’lim-tarbiya jarayonida ijtimoiy-psixologik omillarning o‘rni, pedagogik muhitni moslashtirish tamoyillari hamda interaktiv metodlardan foydalanish samaradorligi alohida o‘rganilgan. Tadqiqot yakunida esa maxsus maktablar uchun amaliyotga yo‘naltirilgan moslashtirilgan tavsiyalar ishlab chiqilgan.