Ijtimoiy-gumanitar fanlar

TARJIMADA GENDER XOSLANGAN BIRLIKLAR TASVIRI XUSUSIDA

Mualliflar

Azaldan tarjimaning muqobilligi asl matn strukturasi va ma’nosining tarjimada to‘liq aks etish darajasi bilan belgilanadi. Lekin jamiyatda shunday hodisalar, turli millat va madaniyatlarga xos bo‘lgan jihatlar borki, ularni tarjimada boricha ochib berishga tarjimon ba’zida ikkilanadi, ba’zida qiynaladi. Ana shunday muammoli, ikki tarafli masalalardan biri bu tarjimada gender xoslangan madaniy tushunchalarning ifodalanishidir. Gender diskriminatsiyasi dunyoning deyarli barcha xalqlari va jamiyatlarida juda keng tarqalgan va o‘rnashganligi sababli, gender kategoriyasini tilda ongli yoki ongsiz ravishda stereotipik va kamsituvchi shakllarda qo‘llash ko‘p uchraydi va bu holat badiiy asarlardan ham o‘rin olgan. Ushbu maqolada shu kabi hodisalarni tarjimada ifodalash masalasi tilga olinadi.