Ijtimoiy-gumanitar fanlar

BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING O‘QISH SAVODXONLIGINI RIVOJLANTIRISHDA MIYANING FAOL ZONALARIGA YO‘NALTIRILGAN NEYROPEDAGOGIK TOPSHIRIQLARNING DIDAKTIK ASOSLARI

Neyropedagogika, o‘qish savodxonligi, miya zonalari, boshlang‘ich ta’lim, neyropedagogik topshiriqlari, vizual tizim, fonologik tizim, semantik anglash

Mualliflar

  • Sarvinoz SOTIVOLDIYEVA Turan International University Gumanitar fanlar va pedagogika kafedrasi o‘qituvchisi, Uzbekistan

Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida o‘qish savodxonligini shakllantirishda miyaning faol zonalariga yo‘naltirilgan neyropedagogik topshiriqlarining ahamiyati yoritilgan. O‘qish jarayonida ishtirok etadigan asosiy neyropsixologik tizimlar – vizual, fonologik, semantik va motor zonalar faoliyatiga tayanilgan holda metodik yondashuvlar ishlab chiqilgan. Miyaning faol zonalariga yo‘naltirilgan – “Muhim gapni top!”, “Savolga mos gapni qidir!”, “Rasm orqali ifoda et!”, “Tushurib qoldirilgan mos so‘zni matndan top va nuqtalarni to‘ldir” kabi topshiriqlar orqali o‘quvchilarni matnni ongli tushunish, semantik tahlil qilish, asosiy fikrni ajratib olish hamda mantiqiy bog‘liqliklarni aniqlashga yo‘naltiradi. Ushbu metodlar miyaning vizual, fonologik va semantik tizimlari integratsiyasini rag‘batlantirib, chuqur kognitiv jarayonlarni faollashtiradi va matn bilan ishlash samaradorligini oshiradi.