Ijtimoiy-gumanitar fanlar

ZAIF ESHITUVCHI O‘QUVCHILAR IJTIMOIY MOSLASHUVIDA XAVOTIRLANISH HISSINING O‘RNI

Ijtimoiy moslashuv, ijtimoiy faollik, ijtimoiy norma, o‘zini qabul qilish, emotsional qulaylik, internallik, xavotirlanuvchanlik.

Mualliflar

Mazkur maqolada zaif eshituvchi o‘quvchilarning xavotirlanish hissi va ijtimoiy moslashuvining o‘zaro aloqadorligi yoritib berilgan. Ijtimoiy moslashuv jarayon sifatida doimiy ravishda ontogenezda, turli (faollik darajasi, xarakteri, ta’sir darajasi va chuqurligi, tezligi bo‘yicha) ontogenezning turli bosqichlarida vujudga keladi va shu bilan belgilanadi. Ijtimoiy moslashuv - bu ma’lum bir madaniyatda, muayyan ijtimoiy tizimda shaxsning shakllanishidir. Ijtimoiy moslashuvga bir qancha psixologik hususiyatlar o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Shulardan biri xavotirlanuvchanlikdir. Shaxslararo munosabatga bog‘liq xavotirning yuzaga kelishi, atrofdagilarga nisbatan va ular bilan bo‘ladigan o‘zaro munosabatlarida muhim ahamiyat kasb etadi