Tabiiy fanlar

O-KSILOLNI FeCl₃·6H₂O KATALIZATORI ISHTIROKIDA 2-XLORPROPIONILXLORID BILAN REAKSIYASI

o-ksilol, 2-xlorpropionilxlorid, spektr, reagent, katalizator, xromotografiya, sintez, analiz, temperatura, mahsulot, aralashma, sovutgich.

Mualliflar

Maqolada ilk bor o-ksilol bilan 2 xlorpropionilxlorid FeCl₃·6H₂O katalizatori ishtirokida reaksiyasi olib borilgan va mahsulot tarkibiga reagentlar miqdori hamda reaksiya olib borish sharoiti ta’sir etishi ilmiy jihatdan asoslab berilgan. Olingan mahsulot tarkibi YuQX o‘rganilgan va har bir modda kalonkali xromotografiya usulida ajratib olingan. Ajratib olingan moddalarning tuzilishi IQ-, 1H YaMR va 13C YaMR orqali aniqlangan. Reagentlar nisbati o-ksilol:2-xlorpropionilxlorid 1:1 nisbatda olib borilganda mahsulot unumi yuqori bo‘lishi aniqlangan.