Tabiiy fanlar

BENZALDEGID VA UNING AYRIM HOSILALARINI 4-ETINIL-p-AMINOFENILATSETILEN ISHTIROKIDA ALKINILLASH

benzaldegid, 4-etinil-p-aminofenilatsetilen, atsetilen spirtlari, katalitik sistema, erituvchi tabiati, reaksiya mexanizmi, mahsulot unumi.

Mualliflar

  • Mirjalol ZIYADULLAYEV Chirchiq davlat pedagogika universiteti dotsenti, PhD, Uzbekistan
  • Suvonqul NURMANOV, O‘zbekiston Milliy universiteti professori, texnika fanlari doktori, Uzbekistan
  • Go‘zal OTAMUXAMEDOVA, Chirchiq davlat pedagogika universiteti ilmiy-tadqiqot, innovatsiyalar va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash bo‘limi boshlig‘i, kimyo fanlari doktori, Uzbekistan

Ushbu ishda ilk bor Rh2(AcO)4·2H2O/Et2O/Et3N kompleks katalitik sistemasi yordamida benzaldegid va uning ayrim gomologlarining 4-etinil-p-aminofenilatsetilen bilan reaksiyalari asosida molekulasida turli xil o‘rinbosarlar saqlagan atsetilen spirtlarini sintez qilish usuli ishlab chiqilgan. Tanlangan aldegidlar molekulasidagi radikallar tabiatining mahsulot unumi va reaksiya borishiga taʼsiri aniqlangan. Kompleks katalitik sistemaning reaksiya selektivligi, faollanish energiyasi va termodinamikasiga ta’siri o‘rganilgan, jarayonning ximizmi va reaksiya mexanizmlari taklif etilgan. Sintez qilingan birikmalarning hususiy konstantalari, tuzilishi, tarkibi va kvant-kimyoviy hisoblashlari zamonaviy fizik-kimyoviy tadqiqot usullari yordamida isbotlangan.

##plugins.generic.recommendByAuthor.heading##