Tabiiy fanlar

MOLEKULYAR ABSORBSION USULLAR ORQALI GLYUKOKORTIKOIDLAR ASOSIDAGI KO‘P KOMPONENTLI DORI VOSITALARINI ANIQLASH USULLARINI TAKOMILLASHTIRISH

glyukokortikoidlar, molekulyar absorbsion spektrofotometriya, validatsiya, LOD, farmatsevtik tahlil.

Mualliflar

Maqolada glyukokortikoidlar asosidagi ko‘p komponentli dori vositalarini molekulyar absorbsion spektrofotometriya yordamida aniqlash natijalari keltirilgan. Gidrokortizon, prednizolon va deksametazon uchun λmax 238–247 nm da qayd etildi. Usul yuqori chiziqlilik (R² > 0,997), past LOD (0,07–0,09 μg/ml) va yaxshi takroriylik (RSD < 2,5 %) ko‘rsatkichlarini berdi. Metod oddiyligi, arzonligi va farmatsevtik nazoratda amaliy qo‘llash imkoniyati bilan ajralib turadi.