Tabiiy fanlar

AZOT FIKSATSIYA VA FOSFAT MOBILIZATSIYA QILUVCHI BAKTERIYA SHTAMM VA IZOLYATLARINING MORFOLOGIK XUSUSIYATLARI

Bacillus, Priestia, Pseudomonas, gramm bo‘yash, morfologik xususiyatlar, spora hosil qilishi, hujayra shakli

Mualliflar

Ushbu tadqiqotda Bacillus, Priestia va Pseudomonas turkumlariga mansub 7 ta shtamm va 3 ta izolyatning morfologik xususiyatlari Gramm usuli bo‘yash va mikroskopik tahlillar yordamida o‘rganildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, 7 ta shtammdan 4 tasi (P. endophytica N19, B. paralicheniformis M11, B. licheniformis X30, P. endophytica I16) hamda 3 ta izolyatdan 2 tasi (A8, X22) gramm-musbat bo‘lib, qolganlari gramm-manfiy xususiyatga ega ekanligi aniqlandi. Hujayra shakli bo‘yicha 6 ta shtamm tayoqchasimon, 1 tasi (P. fulva Q11) ovalsimon tayoqchasimon, izolyatlar orasida esa 2 tasi ovalsimon tayoqchasimon (A8, X22), 1 tasi (N4) ingichka tayoqchasimon shaklda bo‘ldi. Spora hosil qilish xususiyatiga ko‘ra, 3 ta shtamm (P. endophytica N19 – subterminal, N6 – terminal, I16 – subterminal) va 1 ta izolyatda (X22 – subterminal) sporalanish kuzatildi. Ushbu ma’lumotlar bakteriyalarning morfologik farqlari ularning ekologik barqarorligi, yashovchanligi va biotexnologik qo‘llanilish imkoniyatlarini belgilashda muhim diagnostik mezon bo‘lib xizmat qilishini ko‘rsatdi.