Ijtimoiy-gumanitar fanlar

EHTIYOJLARGA YOʻNALTIRILGAN OCHIQ ONLAYN ASINXRON KURSLARNI TASHKIL ETISH TEXNOLOGIYALARI

Raqamli kompetentlik, masofaviy taʼlim, SMART-malaka oshirish, HyFlex modeli, sunʼiy intellekt, ochiq onlayn kurs, asinxron taʼlim, pedagog kadrlar, taʼlim texnologiyalari

Mualliflar

Maqolada oliy taʼlim muassasalari pedagog kadrlarining raqamli kompetentliklarini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan ochiq onlayn asinxron kurslarni tashkil etishning ilmiy-metodik asoslari va texnologiyalari koʻrib chiqiladi. Tadqiqotda SMART-malaka oshirish tizimi, HyFlex gibrid taʼlim modeli va konnektivistik yondashuv asosida ishlab chiqilgan algoritm taqdim etiladi. Sunʼiy intellekt va maʼlumotlar tahlili texnologiyalaridan foydalangan holda pedagoglarning individual ehtiyojlariga moslashtirilgan taʼlim jarayonining samaradorligi oshiriladi. Pilot test natijalari raqamli kompetentlik darajasining oʻsishi va pedagoglarning motivatsiyasi ortishini tasdiqlaydi. Ushbu yondashuv taʼlim tizimining raqamli transformatsiyasiga hissa qoʻshadi.