Ijtimoiy-gumanitar fanlar

INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARI OTA DISKURSIDA NUTQIY ETIKETLARNING LINGVOKULTUROLOGIK XUSUSIYATLARI (“CHO‘QINTIRGAN OTA” VA “SHAYTANAT “ ASARLARI ASOSIDA)

Lingvokulturologiya, nutqiy etiket, ota obrazi, madaniy fenomen, diskurs, qiyosiy tahlil, muomala madaniyati.

Mualliflar

  • Akbarjon OZOTOV Navoiy viloyati Pedagogik mahorat markazi katta o‘qituvchisi , Uzbekistan

Ushbu maqolada ingliz va o‘zbek tillarida “ota” diskursida qo‘llaniladigan nutqiy etiket vositalarining lingvokulturologik xususiyatlari tahlil qilingan. Tadqiqot asosida Mario Puzoning “Cho‘qintirgan ota” hamda Tohir Malikning “Shaytanat” asarlaridagi “ota” obrazlari lingvistik va madaniy kontekstda qiyosiy tahlil etilib, har ikki xalqning nutqiy muomala madaniyati, til vositalarida aks etgan ijtimoiy qadriyatlari hamda madaniyati yoritilgan. Bunday tahlillar orqali ikki milliy etiketga ega bo‘lgan xalqning o‘ziga xos qadriyatlarini, qolaversa, yozuvchilarning idiostilini aniqlash mumkin bo‘ladi