Ijtimoiy-gumanitar fanlar

SANOAT TARMOQLARI TA’SIRIDA TUPROQ FERMENTLAR FAOLLIGINI O‘ZGARISHI (SURXONDARYO VILOYATI UZUN, DENOV, SARIOSIYO TUMANLARI MISOLIDA)

Tuproq ifloslanishi, fermentativ faollik, ureaza, invertaza, katalaza, texnogen ta’sir, ftorid moddalari, bioindikator, ekologik monitoring, tuproq unumdorligi.

Mualliflar

Ushbu maqola Surxondaryo viloyatidagi Tojikiston alyuminiy kompaniyasi ta’sirida bo‘lishi mumkin bo‘lgan sug‘oriladigan tuproqlarning fermentativ faolligini baholashga qaratilgan. Tadqiqot davomida ureaza, invertaza va katalaza fermentlari faolligi laboratoriya sharoitida aniqlanib, turli masofalardagi nuqtalarda tahlil qilindi. Olingan natijalarga ko‘ra, sanoat manbaiga yaqin hududlarda ferment faolligi past, uzoqlashgan sayin esa yuqori ekani kuzatildi. Bu holat tuproqdagi ftorid moddalarining yuqori miqdori va ekologik degradatsiya jarayonlari bilan izohlandi. Tadqiqot ferment faolligini tuproqdagi biologik faollik va ifloslanish darajasini baholashda samarali bioindikator sifatida qo‘llash mumkinligini ko‘rsatdi. Shundan kelib chiqib, zaharlangan tuproqlarni monitoring qilish va tiklashda ferment tahlillarini muntazam o‘tkazish tavsiya etiladi.