Ijtimoiy-gumanitar fanlar

O’QUVCHILAR NUTQINI RIVOJLANTIRISHDA PSIXOLINGVISTIK YONDASHUVLAR

psixolingvistika, yosh psixologiyasi, nutq buzilishi, ingliz tili, kommunikativ ko‘nikma

Mualliflar

Mazkur maqolada maktab o‘quvchilari nutqini rivojlantirishda psixolingvistik yondashuvlarning ahamiyati yoritiladi. Yosh psixologiyasi, nutq buzilishlari va ingliz tili darslarida til va tafakkur o‘zaro munosabati ilmiy tahlil qilinadi. Psixolingvistik metodlar orqali nutqni korreksiyalash va kommunikativ ko‘nikmalarni rivojlantirish yo‘llari ko‘rsatib beriladi. Maqolada oʻquvchilar nutqini rivojlantirish jarayonida lingvistik markazlashtirilgan yondashuvning ilmiy-nazariy asoslari va amaliy imkoniyatlari tahlil qilinadi. Til va nutq faoliyatini uygʻunlashtirishga qaratilgan metodlar, ularning taʼlim jarayonida qoʻllanishi hamda o‘quvchilarning kommunikativ kompetensiyasini shakllantirishdagi oʻrni yoritilgan. Shuningdek, takomillashtirilgan metodikaning afzalliklari, zamonaviy lingvodidaktika yutuqlari bilan uygʻunligi hamda interfaol usullar asosida o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini samarali rivojlantirish yo‘llari ko‘rsatib berilgan. Tadqiqot natijalari nutqiy faoliyatni markazlashtirilgan yondashuv asosida rivojlantirish o‘quvchilarning ijodiy tafakkurini kengaytirishi, til vositalaridan ongli va maqsadli foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirishini ko‘rsatadi.