Ijtimoiy-gumanitar fanlar

BIOLOGIYA DARSLARINI RIVOJLANTIRUVCHI METODLARNING NAZARIY TAHLILI (MANTIQIY METODLAR MISOLIDA)

Oliy ta’lim, biologiya, innovatsion pedagogik texnologiya, induktiv metod, deduktiv metod, mantiqiy tafakkur, amaliy mashg‘ulot, konstruktivizm

Mualliflar

  • Ozodaxon KAMOLOVA Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti tayanch doktоranti, Uzbekistan

Mazkur maqolada oliy ta’lim muassasalarida biologiya fanini o‘qitish jarayonida mantiqiy tafakkurni rivojlantiruvchi innovatsion pedagogik metodlarning nazariy jihatlari tahlil qilingan. Xususan, induktiv va deduktiv metodlarning biologiya ta’limidagi o‘rni, ularning talabalarda mustaqil fikrlash, tahliliy yondashuv va ilmiy izlanish ko‘nikmalarini shakllantirishdagi ahamiyati ochib berilgan. Shuningdek, amaliy mashg‘ulotlarni mantiqiy metodlar asosida tashkil etish orqali o‘quv jarayonining samaradorligini oshirish yo‘llari ko‘rsatib o‘tilgan. Tadqiqotda kontruktivizm nazariyasi bilan induktiv va deduktiv metodlarning o‘zaro bog‘liqligi ilmiy jihatdan asoslab berilgan. Maqola natijalari biologiya ta’limini zamonaviy innovatsion texnologiyalar bilan integratsiyalash hamda talabalarni faol o‘quv jarayoniga jalb etish bo‘yicha amaliy tavsiyalarni o‘z ichiga oladi.