Ijtimoiy-gumanitar fanlar

BAYRAMLAR VA TO‘Y MAROSIMLARDAGI TAOM TORTISH HAMDA ISTE’MOLI BILAN BOG‘LIQ URFODATLAR

O‘zbek an’analari, taom madaniyati, bayram marosimlari, to‘y urf-odatlari, dasturxon

Mualliflar

Mazkur maqolada o‘zbek xalqining bayramlar va turli to‘y marosimlarida taom tayyorlash, tortish va iste’mol qilish bilan bog‘liq urf-odatlari etnologik nuqtai nazardan tahlil etilgan. Tadqiqotda Tirgon, Navro‘z, Mehrjon, tug‘ish to‘yi, sunnat to‘yi, nikoh to‘yi kabi marosimlarda dasturxon madaniyatining ramziy va ijtimoiy ahamiyati yoritilgan. Taom nafaqat mehmondorlik va hurmat ramzi, balki jamiyatdagi birlik, farovonlik va an’anaviy qadriyatlarning ifodasi sifatida talqin etilgan. Shuningdek, maqolada bayram dasturxoni orqali milliy dunyoqarash, diniy-axloqiy qarashlar va ijtimoiy munosabatlar tizimi namoyon bo‘lishi ilmiy asosda ko‘rsatib berilgan