Ijtimoiy-gumanitar fanlar

INGLIZ VA O‘ZBEK MEDIADISKURSIDA SUBYEKTIV MODALLIKNING QIYOSIY TAHLILI

Modallik, subyektiv modallik, mediadiskurs, modal feʼllar, modal adverbiallar, qiyosiy-lingvistik tahlil.

Mualliflar

Ushbu maqola ingliz va oʻzbek mediadiskurslarida subyektiv modallikning lingvistik ifodalanishini qiyosiy-kontrastiv tahlil qilishga bagʻishlangan. Tadqiqot V. G. Gak, N. A. Moroz kabi olimlarning nazariyalariga asoslanib, modal feʼllar, adverbiallar, kirish soʻzlar va baholovchi leksikaning muallif pozitsiyasi, hissiyoti va pragmatik maqsadlarini aks ettirishdagi rolini oʻrgandi. Tahlil natijalariga koʻra, subyektiv modallik matnning taʼsirchanligini oshirish, auditoriya bilan emotsional aloqa oʻrnatishda muhim vosita boʻlib xizmat qiladi. Qiyosiy tahlil har ikki tilda ham subyektivlikni ifodalashda tillararo oʻxshashliklar va oʻziga xos farqlarni aniqladi.