Ijtimoiy-gumanitar fanlar

OLIY TA’LIMDA ILMIY-TADQIQOT FAOLIYATINING MAZMUNI VA MOHIYATI

Ilmiy-tadqiqot faoliyati, oliy ta’lim, metodologiya, innovatsiya, tahliliy fikrlash, raqamli ta’lim, kompetensiya.

Mualliflar

Mazkur maqolada oliy ta’lim tizimida ilmiy-tadqiqot faoliyatining mazmuni va mohiyati tahlil qilingan. Ilmiy-tadqiqot faoliyati
talabalarning mustaqil fikrlashi, tahliliy yondashuvi, ijodiy salohiyati va kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishning asosiy omili
sifatida izohlanadi. Maqolada ilmiy faoliyatning metodologik, nazariy va amaliy asoslari, uning zamonaviy raqamli transformatsiya
jarayonlari bilan integratsiyasi yoritilgan. Shuningdek, ilmiy-tadqiqot faoliyatining oliy ta’lim sifatini oshirish, fan va ishlab
chiqarish integratsiyasini kuchaytirish hamda innovatsion tafakkurni shakllantirishdagi o‘rni asoslab berilgan.