ASHTARXONIYLAR DAVRIDA DAVLAT TA’LIM TIZIMI

  • Ziyadulla GAZIYEV Jizzax davlat pedagogika universiteti katta o‘qituvchisi
##plugins.pubIds.doi.readerDisplayName##: https://doi.org/10.69617/nuuz.v1i1.6.3661
"Kalit so‘zlar" : Ta’lim, fan, madaniyat, madrasa, davlat, tizim, din, meros, diniy ilmlar, Qur’on, aniq fanlar, tabiiy fanlar, tabobat, dastur, qadriyat, masjid, shifoxona, Buxoro, ma’naviy muhit, domla, shariat, konsepsiya

"Maqola"

XVII asrda Buxoro xonligidagi yirik shaharlarda oliy ta’lim beruvchi 150ga yaqin madrasalar faoliyat ko‘rsatgan bo‘lsa-da, ulardagi ta’lim tizimi zamon taraqqiyotini belgilab beradigan bilimlarni berishda ojiz edi. Garchi bu davrda ham riyozat, handasa, kimyo, astronomiya, falsafa va mantiq kabi ilmlar muayyan darajada taraqqiy etsa-da, bu sohalarda hatto o‘rta asrlardagi yutuqlar darajasiga yeta oladigan asarlar yaratilmadi. Lekin shu bilan birga madaniy hayotni butunlay yo‘qqa chiqarish ham mumkin emas. Ashtarxoniylar davrida tibbiyotda Sharq xalqlariga xos an’analar, xalq tabobati o‘z zamonasiga mos ravishda rivojlanishda davom etdi. Buxoroda tibbiyotga ixtisoslashgan madrasa va shifoxona faoliyat ko‘rsatgan bo‘lib, bu yerlarda bu sohaga oid bilimlar o‘qitilishi bilan birga, bemorlarni davolash ishlari olib borilgan. Shuningdek, bu davrda tarix, adabiyot kabi ijtimoiy fanlar faoliyatida ham rivojlanish davom ettirildi

References

“Ansob as-salotin va tavorixi al-havoqin”.

A. Asqarov tahriri ostida. O‘zbekiston xalqlari tarixi. 2-Tom. – Toshkent, “Fan”, 1994.

Sagdullaev A. va boshq. O‘zbekiston tarixi: davlat va jamiyat taraqqiyoti. – Toshkent: Akademiya, 2000.

J. Yo‘ldoshev, S. Hasanov. Jadid tarbiyashunosligi asoslari. – Toshkent, 1994.

Matvievskaya G. P. Tillashev X. Matematicheskie i astranomicheskie rukopisi uchenыx Sredney Azii X-XVIII vv. – Tashkent: Fan, 1981

Nashr qilingan
2024-09-27