AYRIM GETEROATOMLI ALDEGIDLARNI ATSETILEN ISHTIROKIDA ALKINILLASH REAKSIYALARI

Аtsetilen, geteroatom aldegid, prophenol, alkinillash, atsetilen spirti, reaksiya mexanizmi, spektroskopiya.

Mualliflar

  • Muyassar SALIYEVA Chirchiq davlat pedagogika universiteti tayanch doktoranti, Uzbekistan
  • Odiljon ZIYADULLAYEV O’zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari, kimyo fanlari doktori, professor , Uzbekistan
  • Saida ABDURAXMANOVA O’zbekiston Milliy Universiteti katta o‘qituvchisi, PhD , Uzbekistan
  • Rifkat TALIPOV Ufa fan va texnologiyalar universiteti, organik va bioorganik kimyo kafedrasi mudiri, kimyo fanlari doktori, professor , Uzbekistan

Ilk bor ProPhenol/Me2Zn/ТGF katalitik sistemasi yordamida molekulasi tarkibida geteroatom o‘rinbosarlar saqlagan aldegidlar- tiofen-2-karbaldegid, 3-metiltiofen-2-karbaldegid, furan-2-karbaldegid, piridin-3-karbaldegid, хinolin-2-karbaldegid va 3-brom4-piridinkarbaldegidlarni atsetilen bilan аlkinillash reaksiyasi asosida atsetilen spirtlari sintez qilish jarayoni amalga oshirildi. Mahsulot unumiga boshlang‘ich moddalar mol nisbatlari, reaksiya davomiyligi, harorat, katalizator va erituvchilar tabiati ta’siri tizimli ravishda o‘rganilgan. Aldegidlar mоlekulasidagi geteroatomlarning mahsulot unumiga ta’siri asosida atsetilen spirtlarining hosil bo‘lish samaradorlik qatori aniqlangan hamda ularning tarkibi, tozaligi, tuzilishi fizik-kimyoviy usullarda identifikatsiyalangan.

##plugins.generic.recommendByAuthor.heading##