Ijtimoiy-gumanitar fanlar

RAHBAR-KADRLARNING SOFT-KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI VA STRUKTURAVIY MODELI

soft-kompetensiya, rahbar-kadr, pedagogik boshqaruv, kompetensiyaviy yondashuv, strukturaviy model, kasbiy kompetentlik.

Mualliflar

  • Umida AXROROVA Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, PhD, dotsent University of Business and Science universiteti, Namangan, O‘zbekiston, Uzbekistan

Zamonaviy ta’lim tizimini modernizatsiya qilish jarayonida rahbar-kadrlarning kasbiy faoliyati samaradorligi nafaqat ularning
kasbiy bilim va ko‘nikmalariga, balki soft-kompetensiyalarining rivojlanganlik darajasiga ham bevosita bog‘liq hisoblanadi. Ilmiy
tadqiqotlarda soft-kompetensiyalar shaxsning samarali kommunikatsiya olib borish, jamoani boshqarish, muammolarni hal etish
va strategik qarorlar qabul qilish qobiliyatlarini ifodalovchi integrativ sifatlar tizimi sifatida talqin etiladi. Tadqiqotning maqsadi
rahbar-kadrlarning soft-kompetensiyalarini rivojlantirishning nazariy asoslarini tizimli tahlil qilish hamda ularning rivojlanishini
ta’minlovchi strukturaviy modelni ishlab chiqishdan iborat. Tadqiqot jarayonida tizimli yondashuv, kompetensiyaviy yondashuv,
strukturaviy-funksional tahlil va modellashtirish metodlaridan foydalanildi.