Tabiiy fanlar

TOSHKENT BOTANIKA BOG‘IDAGI ALLIUM L. TURLARIDA UCHRAYDIGAN ZAMBURUG‘LI KASALLIKLAR VA ULARGA EKOLOGIK (IQLIMIY) OMILLAR TA’SIRI

Allium giganteum, Cladosporium macrocarpum, zamburug‘li kasalliklar, intraduksiya, iqlimiy omillar, NASA/POWER, Toshkent Botanika bog‘i, Surxondaryo viloyati, fitopatologiya.

Mualliflar

  • Salimjon JOʻRAYEV Toshkent davlat agrar universiteti tayanch doktoranti, Uzbekistan
  • Ilyor MUSTAFAYEV O‘zRFA Botanika instituti huzuridagi akademik F.N. Rusanov nomidagi Toshkent Botanika bog‘i katta ilmiy xodimi, PhD, Uzbekistan
  • Mirzaraxmat TORABOYEV O‘zRFA Botanika instituti huzuridagi akademik F.N. Rusanov nomidagi Toshkent Botanika bog‘i kichik ilmiy xodimi, Uzbekistan

Ushbu tadqiqot Toshkent Botanika bog‘ida (Akademik F.N. Rusanov nomidagi) 2018-yilda tashkil etilgan Allium Garden
kolleksiyasidagi Allium L. turkumiga mansub 30 dan ortiq turda uchraydigan zamburug‘li kasalliklarni o‘rgandi. Tadqiqot
natijasida Cladosporium macrocarpum, Stemphylium vesicarium va Stemphylium allii zamburug‘lari aniqlandi, eng kuchli
zararlanish Allium giganteum Regel turida kuzatildi. Surxondaryo viloyati Sherobod adirliklaridan intraduksiya qilingan A.
giganteum ning kasallanish darajasi yuqori bo‘lib, bu holat iqlimiy farqlar bilan bog‘liqligi taxmin qilindi. 2010–2025 yillar
NASA/POWER ma’lumotlari asosida o‘tkazilgan solishtirma tahlil tabiiy o‘sish joyi (Sherobod adirliklari: yillik o‘rtacha harorat
+18,9 °C, yog‘ingarchilik 174 mm, nisbiy namlik 38 %) va Botanika bog‘i (Toshkent: +14,5 °C, 413 mm, 49 %) o‘rtasida
sezilarli iqlimiy tafovut mavjudligini ko‘rsatdi. Yuqori namlik va past harorat Cladosporium macrocarpum ning rivojlanishiga
qulay sharoit yaratgan.