Ijtimoiy-gumanitar fanlar

VIRTUAL REALLIK VA SUN’IY INTELLEKT MUHITIDA INSON AXLOQINING O‘ZGARISH XUSUSIYATLARI

Virtual reallik, sun’iy intellekt, inson axloqi, raqamli muhit, ijtimoiy xulq, axloqiy ong, mas’uliyat, raqamli xavfsizlik

Mualliflar

  • Ziyoda ABDULLAYEVA Dotsent, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Toshkent, O‘zbekiston, Uzbekistan

Ushbu maqolada virtual reallik va sun’iy intellekt muhitida inson axloqining o‘zgarish xususiyatlari ilmiy-nazariy jihatdan tahlil
qilinadi. Zamonaviy raqamli texnologiyalar insonning muloqot madaniyati, qaror qabul qilish jarayoni, mas’uliyat hissi, shaxsiy
identikligi va ijtimoiy munosabatlariga kuchli ta’sir ko‘rsatmoqda. Ayniqsa, virtual reallik muhitida inson o‘zini boshqa obrazda
namoyon qilishi, sun’iy intellekt bilan doimiy muloqotda bo‘lishi va algoritmik tavsiyalar asosida harakat qilishi axloqiy ongda
yangi o‘zgarishlarni yuzaga keltiradi. Maqolada mazkur jarayonning ijobiy imkoniyatlari, ehtimoliy xavflari, inson qadr-qimmati,
javobgarlik, shaxsiy ma’lumotlar xavfsizligi va raqamli axloq masalalari yoritiladi.