Tabiiy fanlar

γ-NURLANISHNING POLI(3-GEKSILTIOFEN) POLIMERI TUZILISHIGA TA’SIRI

poli(3-geksiltiofen), P3HT, gamma nurlanish, yupqa plyonkalar, rentgen difraksiyasi, optik xossalar, taqiqlangan zona, mass-spektrometriya, ion bombardimon

Mualliflar

Ushbu ishda poli(3-geksiltiyofen) (P3HT) yupqa plyonkalarining strukturaviy va optik xossalariga γ-nurlanish ta’siri o‘rganildi.
Rentgen difraksiya (XRD) tahlili natijasida shisha asosidagi amorf muhitda joylashgan P3HT plyonkada polikristall tuzilishga xos
piklar paydo bo‘lishi va γ-nurlanishdan so‘ng ularning intensivligi ortishi kuzatildi. Optik tadqiqotlar asosida plyonkaning
taqiqlangan zona kengligi Eg ≈ 3.61 eV ekanligi aniqlandi va nurlanishdan so‘ng yutilish spektrida maksimum uzun to‘lqin tomon
siljishi qayd etildi. Mass-spektrometrik tahlil natijalari esa Cs⁺ ionlari bilan bombardimon qilish jarayonida molekulyar ionlarning
hosil bo‘lishi va rekombinatsion mexanizm ustunligini ko‘rsatdi. Olingan natijalar γ-nurlanish polimer strukturasini
modifikatsiyalashda samarali usul ekanligini tasdiqlaydi

##plugins.generic.recommendByAuthor.heading##