Tabiiy fanlar

QURG‘OQlANISH VA SHO‘RLANISH DARAJALARINING DUKKAKLI DON O‘SIMLIK URUG‘LARINING UNUVCHANLIGIGA TA’SIRI

Dukkakli don, soya, no‘xat, mosh, urug‘ unuvchanligi, sho‘rlanish, harorat, termostat, petre likopchasi.

Mualliflar

Ushbu maqolada dukkakli don ekinlaridan Soya Glycine maxim L o‘simligining “Selekta 302”, “To‘maris man 60” va No‘xat
Fabaseae cicer L o‘simligining “Zumrad”, “Polvon” hamda Mosh Phaseolus aureus L o‘simligining “Baraka” va “Osiyo”
navlari tajriba sifatida olindi. Olingan o‘simlik navlar urug‘lariga 20-25 o C haroratlarda NaCl tuzining 4 xil (0.1, 0.3, 0.5, 0.8 %)
darajadagi sho‘rlanish konsentratsiyalari bilan laboratoriya sharoitida abrobatka qilinib 48 soat davomida tekshirilib ko‘rildi.
Unga ko‘ra, no‘xat o‘simlik 2 ta navida 20 o C haroratda 34-39 %, 25 o C da 92-94 % unib chiqdi. Mosh o‘simlik navlarida 20 o C
haroratda 84-88% va 25 o C da 96-98 % nish urdi. Bu ko‘rsatgichlar soya o‘simlik navlarida 20 o C da 1-6 % ni, 25 o C da 0 % ni
tashkil qildi.