Tabiiy fanlar

SANOAT CHIQINDILARINING TUPROQ UNUMDORLIGI HAMDA MORFOLOGIK TUZILISHIGA TA’SIRINI BAHOLASH (BEKOBOD SANOAT ZONASI MISOLIDA)

Bekobod sanoat zonasi, metallurgiya chiqindilari, tuproq morfologiyasi, genetik gorizontlar, tuproq unumdorligi, gumus, og‘ir metallar, fitoremediatsiya, ekologik monitoring.

Mualliflar

  • Sherzod NOSIROV Registrator ofisi menejeri, O‘zbekiston Milliy universiteti, Toshkent, O‘zbekiston, Uzbekistan
  • Baxrom JOBBOROV Biologiya fanlari doktori (DSc) professor,O‘zbekiston Milliy universiteti, Toshkent, O‘zbekiston, Uzbekistan
  • Nodir XURRAMOV Ekologiya kafedrasi mustaqil izlanuzvchisi, O‘zbekiston Milliy universiteti, Toshkent, O‘zbekiston, Uzbekistan
  • Akmal AKRAMOV Registrator ofisi menejeri, Guliston davlat universiteti, Gulison, O‘zbekiston, Uzbekistan

Ushbu ilmiy maqolada Bekobod sanoat zonasi (O‘zbekiston metallurgiya kombinati AJ tutash hududlari) sharoitida texnogen va
sanoat chiqindilarining tuproq qatlamlarining genetik-morfologik tuzilishi, fizik-kimyoviy xossalari hamda agrokimyoviy
unumdorlik ko‘rsatkichlariga kompleks ta’siri baholangan. Tadqiqotlar davomida 1.5 metr chuqurlikkacha bo‘lgan to‘liq tuproq
kesimlari (shurflar) o‘rganilib, genetik gorizontlarning morfologiyasi (rangi, zichligi, strukturasi, kimyoviy va texnogen yangi
hosilalari), gumus zaxirasi, makroelementlar (N, P, K) balansi hamda og‘ir metallarning (Pb, Cd, Cu, Zn, Cr) tuproq profilida qayta
taqsimlanish va to‘planish qonuniyatlari tahlil qilindi. Olingan natijalar sanoat zonasi atrofidagi (0.5–1.5 km) tuproqlar morfologik
profilining jiddiy texnogen transformatsiyaga uchraganligini, haydalma qatlamda (0-30 sm) gumus miqdorining 36% ga
kamayganligini hamda qo‘rg‘oshin (Pb) va kadmiy (Cd) miqdori ruxsat etilgan me’yoriy ko‘rsatkichlardan Rux (Zn) 1.37–2.10 barobargacha yuqori ekanligini ko‘rsatdi. Maqolada ushbu hududlar tuproq unumdorligini qayta tiklash bo‘yicha fitoremediatsiya va agro-meliorativ ilmiy-amaliy tavsiyalar berilgan.

##plugins.generic.recommendByAuthor.heading##