Ijtimoiy-gumanitar fanlar

KO‘ZI OJIZLARDA TIL QOBILIYATINING O‘ZLASHTIRILISHI VA UNING TADQIQI

Ko‘zi ojiz bolalar, til o‘zlashtirish, psixolingvistika, sezgi tajribasi, semantika.

Mualliflar

  • Sabura XUDAYAROVA Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti tayanch doktaranti , Uzbekistan

Mazkur maqolada ko‘zi ojizlarning til o‘zlashtirish jarayonida so‘z ma’nolarini anglash va egallash mexanizmlari psixolingvistik nuqtai nazardan tahlil qilinadi. So‘z ma’nosining kognitiv, affektiv va sensor tajribalarga bog‘liqligi, shuningdek, ko‘rish cheklovlari sharoitida bu jarayon qanday kechishi turli tadqiqotchilar nuqtai nazari asosida yoritiladi. So‘z ma’nosini shakllantirishda eshitish, teginish va kinestetik idrokning o‘rni ko‘rsatib berilgan. Ko‘rish imkoniyati cheklangan shaxslarning “rang”, “yorug‘lik”, “ko‘k osmon” kabi vizual tushunchalarni qanday idrok etishi ilmiy manbalar asosida ochib berilgan.