Ijtimoiy-gumanitar fanlar

6-SINF O‘QUVCHILARINING BADIIY MATNNI TUSHUNISHIDA LINGVISTIK BILIMLARNING TA’SIRI

Badiiy matn, o‘qib tushunish, lingvisik bilim, 6-sinf, savol-javob, olmosh, antonim, uyushiq bo‘lak

Mualliflar

Matnni chuqur anglash, mazmuniy bog‘lanishlarni tahlil qilish va o‘quvchi tafakkurini rivojlantirish uchun lingvistik bilim muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi. Ushbu maqolada 6-sinf o‘quvchilari ishtirokida o‘tkazilgan tajriba asosida badiiy matnni o‘zlashtirish jarayonida lingvistik bilimlarning ta’siri tahlil qilinadi. Tadqiqot uchun G‘afur G‘ulomning “Shum bola” asaridan parcha tanlab olingan bo‘lib, ushbu matn asosida o‘quvchilarga olmosh ishora qilgan ma’noni tushunish, antonim so‘zlar, uyushiq bo‘laklar, tag ma’no, kiritmalarni tushunishga qaratilgan savollar berildi. Tajriba yakunida 29 nafar o‘quvchining yozma javoblari tahlil qilinib, har bir topshiriq bo‘yicha to‘g‘ri javoblar foiz ko‘rinishida hisoblandi. Olingan natijalar o‘quvchilarning ayrim til birliklarini chuqur anglamagani matnning muayyan qirralarini tushunishda qiyinchilik tug‘dirayotganini ko‘rsatdi. Tadqiqot natijalari o‘quvchining lingvistik bilim darajasi bilan matnni anglash o‘rtasidagi bevosita bog‘liqlik mavjudligini tasdiqlaydi