Tabiiy fanlar

AYRIM ATSETILEN SPIRTLARINING 3-METILENIZOINDOLIN-1-ON BILAN KONDENSATSIYA REAKSIYASI

atsetilen spirtlari, izoindolinon, kondensatsiya, erituvchilar, xlorbenzol, kumush triftormetilsulfonat.

Mualliflar

Atsetilen spirtlarini AgOTf/PhMe katalitik sistemasi yordamida 3-metilenizoindolin-1-on bilan kondensatsiya reaksiyalari orqali izoindolinonlarni sintez qilish jarayoni o‘rganilgan. Izoindolinonlarning samaradorligiga qo‘llanilgan katalitik sistemaning selektivligi va katalitik barqarorligi tadqiq qilingan. Izoindolinonlarni sintez qilishda erituvchilar, katalizatorlar, reagentlar va substratlarning tabiati va miqdorining mahsulot unumiga ta’siri tizimli tahlil qilinadi va olingan natijalar asosida jarayon uchun maqbul sharoitlar aniqlangan.