Tabiiy fanlar

SOL–GEL, SPIN COATING USULI YORDAMIDA OLINGAN NANOSTRUKTURALI NIO YUPQA PLYONKALARI: STRUKTURAVIY VA OPTIK XOSSALARI

sol–gel, NiO, rentgen difraksiyasi, yupqa plyonka, annealing harorati.

Mualliflar

  • Javohir XUDOYQULOV PhD student at the National University of Uzbekistan, Tashkent, Uzbekistan
  • Shavkat YULDASHEV Head of Laboratory, Center for Nanotechnology Development, National University of Uzbekistan, Uzbekistan
  • Azamat ARSLANOV Lecturer at the Faculty of Physics, National University of Uzbekistan, Uzbekistan
  • Jamoliddin MURODOV PhD student at the Center for Nanotechnology Development, National University of Uzbekistan, Uzbekistan
  • Noiba BOTIROVA PhD student at the Center for Nanotechnology Development, National University of Uzbekistan, Uzbekistan
  • Ra’no SHARIPOVA PhD student at the Center for Nanotechnology Development, National University of Uzbekistan, Uzbekistan

NiO yupqa plyonkalari SiO₂ taglikda sol–gel va spin coating usuli yordamida o‘stirildi. Plyonkalarning strukturaviy xossalari
rentgen difraksiyasi (XRD) usuli orqali tahlil qilinib, kubik kristall panjaraga ega bo‘lgan polikristall NiO fazasi hosil bo‘lgani
tasdiqlandi. Kristallit o‘lchami va mikrodeformatsiya Williamson–Hall usuli yordamida aniqlanib, o‘rtacha kristallit o‘lchami
taxminan 48 nm va mikrodeformatsiya 1.5 × 10⁻³ ga teng ekanligi aniqlandi. Sirt morfologiyasi skanerlovchi elektron mikroskopiya
(SEM) yordamida o‘rganildi, optik xossalari esa UV–Vis spektroskopiyasi orqali tadqiq qilindi. Taqiqlangan zona kengligi Tauc
grafigi yordamida aniqlangan. Olingan natijalar shuni ko‘rsatadiki, tayyorlangan NiO yupqa plyonkalari funksional qurilmalarda
qo‘llash uchun mos strukturaviy va optik xossalarga ega

##plugins.generic.recommendByAuthor.heading##