EDUKOLOGIYA ATAMASINING BUGUNGI TA’LIM SOHASIDAGI MISSIYASI

Edukologiya, kvalimetriya, paradigma, ko‘p tarmoqli yondashuv, sinergetik, multidisiplinar yondashuv, neyropedagogika, kibernetik, intensiv, integratsiya

Mualliflar

  • Gulxumor USMANOVA Toshkent menejment va iqtisodiyot instituti Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi bosh mutaxassisi , Uzbekistan

Edukoligiyaning tarkibiy qisimlari: Neyropedagogika yutuqlaridan kvalimetrik usullarda faol foydalanmasdan turib, ijtimoiy soha mutaxassislarining kasbiy ta’lim sifatini boshqarish muammosini hal qilib bo‘lmaydi (ta’lim nevrologiyasi). Ushbu fan pedagogikaning klassik asoslarini birlashtirib (sintezlab), psixologiya, kibernetika va neyrofiziologiya yutuqlaridan foydalanadi. Uning asosiy maqsadi har bir talaba va professor-o‘qituvchiga shaxsiy yo‘naltirilgan yondashuvni amalga oshirishning samarali mexanizmlarini ishlab chiqishdan iborat. Neyropedagogikaning muhim amaliy funksiyalaridan biri – har bir talabaga uning individual xususiyatlarini hisobga olgan holda ta’lim yo‘nalishining shaxsiy traektoriyasini ishlab chiqishdir. Bu jarayonda miyaning yuqori aqliy funksiyalarining o‘ziga xos xususiyatlari inobatga olinadi.