Tabiiy fanlar

FENIL-2-XLORPROPIONATNI 4-METOKSIFENOL BILAN NUKLEOFIL ALMASHINISH REAKSIYASI

Fenil-2-xlorpropionat, 4-metoksifenol, reagent, nukleofil, almashinish, erituvchi, dielektrik konstantalar, sintez, analiz.

Mualliflar

Maqolada ilk bor fenil-2-xlorpropionat bilan 4-metoksifenolni turli xil sharoitlarda nukleofil almashinish reaksiyalari olib borilganligi va fenil-4-metoksifenoksipropionatni sintez qilish usuli keltirilgan. Nukleofil almashinish reaksiyalarda benzol, dioksan, DMF va DMSO erituvchilar ishtirokida o‘tkazildi va DMSO eritmasida 90 % unum bilan fenil-4-metoksifenoksipropionat sintez qilishga erishildi. Sintez qilingan yangi organik modda bo‘lgan fenil-4-metoksifenoksipropionat zamonaviy IQ, ¹H YaMR va 13C YaMR spektrlari yordamida tuzilishi tasdiqlandi.