Tabiiy fanlar

KICHIK ENERGIYALI IONLAR BILAN BOMBARDIMON QILINGAN W VA MO NING EMISSION VA OPTIK XUSUSIYATLARINI O‘ZGARISH MEXANIZMLARI

Mexanik bog‘lanish, ion implantatsiyasi, emission samaradorlik, oje-spektr, kvant chiqishi, plazmon tebranishlar, Fermi sathi.

Mualliflar

Ushbu ishda Ba+ ionlari bilan implantatsiya qilingan va submonoqatlam Ba atomlari bilan qoplangan W va Mo polikristal
namunalarining tarkibi, emission va optik xususiyatlari oje - elektron spektroskopiyasi, hamda ikkilamchi elektron emissiya
koeffitsienti  va fotoelektronlarning kvant chiqishi Y ni o‘lchash usullari yordamida o‘rganildi. Eksperimentlar bitta asbobda
P ≈ 10-6 Pa vakuumda o‘tkazilgan. Ba+ ionlari implantatsiya qilingandan so‘ng o‘tga chidamli metallarning sirt qatlamlarida
W+Ba va Mo-Ba tipidagi mexanik aralashmalar hosil bo‘lishi ko‘rsatilgan. Ba+ ionlarini implantatsiya qilishda, eφ chiqish
ishining bir xil qiymatlarida, Y fotoelektronlarning kvant chiqishi Y va  ikkilamchi elektron emissiya koeffitsientining
qiymatlari atomlarni o‘tqazishga qaraganda ancha katta ekanligi aniqlandi. Olingan eksperimental natijalar nazariy hisob-
kitoblar bilan asoslangan

##plugins.generic.recommendByAuthor.heading##