Tabiiy fanlar

TUPROQ FIZIK XOSSASIGA MAISHIY CHIQINDILAR VA ULARNING QOLDIQLARINING TA’SIRI

Tuproq, fizik xossa, ifloslanish, o‘simlik, unumdorlik, degradatsiya

Mualliflar

Maqolada tuproqning fizik xossalariga maishiy chiqindilar va ularning qoldiqlarining ta’siri o‘rganiladi. Tadqiqot davomida maishiy chiqindilar va ularni yoqilishi natijasida hosil bo‘lgan kul moddalarining tuproq pH-muhitiga, elektr o‘tkazuvchanligiga va mxanik tarkibiga bog‘liqligi tahlil qilingan. Shuningdek, chiqindilarning tuproq tarkibida to‘planishi natijasida yuzaga keladigan degradatsiya jarayonlari, ekologik xavflar va agrotexnik muammolar ham ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot natijalari, maishiy chiqindilarni to‘g‘ri boshqarish, saralash, qayta ishlab, umuman olganda utilizatsiya qilish orqali tuproq sifatini saqlab qolish hamda uning unumdorligini oshirish yo‘llarini tavsiya etishga qaratilgan.